English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdagi 1 ming 817 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimi to‘liq yangilanadi
17:50 / 2023-02-08

Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Prezident tomonidan quyidagi qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi:

– sanoat  zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari o‘rnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash;  

– ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini o‘rnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta’minlash; 

– Yuqori Chirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;  

– Poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yo‘qotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;  

– 1 ming 817 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimini to‘liq yangilash;  

– 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini  yangilab, yo‘qotishlarni 5  foizga kamaytirish.  

Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.  

O‘zA