Toshkentda tramvay tizimini fransuzlar loyihalashtiradi

Prezidentning Fransiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Fransiya Tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazirlik o‘rtasida Toshkent tramvay tizimi loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Unga ko‘ra, Toshkentda tramvay tizimi tajribali fransuz transport kompaniyasi tomonidan loyihalashtiriladi. Hozirda 3 ta yo‘nalish rejalashtirilmoqda. Eng avvalo “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha tramvay liniyasi olib borish bo‘yicha loyiha ishlari boshlanadi.
O‘zA