English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlaridan 23 nafar qidiruvdagi shaxslar olib kelindi
11:23 / 2022-11-18

Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan “Zarbdor” maxsus tezkor-profilaktik oyligi o‘tkazilmoqda.

Jumladan, jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan, 56 nafar (turli jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan) qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta’minlangan.  

Yil boshidan esa, viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 486 nafar (23 ayol) qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan.  

Ushlangan shaxslarning 23 nafari MDH davlatlaridan olib kelingan (ekstraditsiya qilingan) bo‘lib, eng uzoq qidiruvda bo‘lgani 20 yil, qisqasi esa 2 kunda aniqlanib, ushlangan.  

Bundan tashqari, boshqa viloyatlarda norasmiy va rasmiy qidiruvdagi 22 nafar shaxs ushlanib, qidiruv tashabbuskoriga topshirilgan va 10 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar topilib, oilasiga qaytarilgan.

 

O‘zA