English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent — Termiz” yo‘nalishidagi poyezdlar harakati bir reysga to‘xtatiladi
15:10 / 2023-02-09

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 9 fevral kuni 80/79-sonli “Toshkent — Termiz — Toshkent” va 682/681-sonli “Qumqo‘rg‘on — Sariosiyo — Qumqo‘rg‘on” yo‘nalishlaridagi poyezdlar harakati bir reysga to‘xtatiladi.

 Ma’lum qilinishicha, Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ining 103-km 5-6 piket qismida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘lgan.  

 Hozirgi paytda ushbu holatni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tezkorlik bilan ushbu hududga yetib kelishgan va texnikalar jalb etgan holda tuproq ko‘chkilarini temir yo‘l izidan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.  

 Xabarda qayd etilishicha, xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarib olish mumkin. Chipta narxi to‘liq qaytariladi.  

O‘zA