
Joriy yilning 16-20 dekabr kunlari poytaxtimizda karate WKF bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati tashkil etiladi.
Qit’aning yetakchi karatechilari ishtirok etishi kutilayotgan mazkur chempionatning rasmiy tadbirlarida bir qator xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov va O‘zbekiston karate federatsiyasi raisi Rashid Tolipov Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos hamda Osiyo karate federatsiyasi prezidenti Nosir Abdulrazzoqni qarshiladi.

Toshkent tatamilarida kechadigan chempionatda medallar uchun kurash olib boradigan jamoalarning yurtimizga kelishi bugundan boshlanadi.

Ayni kunlarda Toshkentda ushbu chempionat musobaqalari boshlanishi oldidan Butunjahon karate federatsiyasi hakamlar qo‘mitasi rahbari Xaver Eskalante tomonidan seminar o‘tkazilmoqda. Unda 30 dan ziyod davlatning 400 nafar atrofidagi karate mutaxassislari qatnashmoqda.
O‘zA