To‘rtko‘lda “Ustozlar bog‘i” tashkil etildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” ovul fuqarolar yig‘ini hududida “Ustozlar bog‘i” barpo etildi.
Buning uchun ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 69-umumta’lim maktabi qoshidan 1 gektarga yaqin yer maydoni ajratildi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan maktab pedagogik jamoasi tomonidan yangidan barpo etilayotgan boqqa 800 tupdan ziyod olcha, olma, behi va o‘rik kabi mevali daraxt ko‘chati ekildi.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilarining ta’kidlashicha, 70-umumta’lim maktabi qoshida ham “Ustozlar bog‘i” barpo etish rejalashtirilgan.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri