English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tezkor tadbir: ayrim iste’molchilar tomonidan tizimga yana 3,9 milliard so‘mlik zarar yetkazildi
17:33 / 2024-07-21

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “B.” MFY hududida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan va o‘g‘rincha elektr energiyasidan foydalangan. Bu ishlar oqibatida tizimga 3,9 milliard so‘m miqdorida zarar keltirilgan.

Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA