English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez va mazali: ishtahani ochuvchi tansiq taomlar tayyorlash uchun Artel multiplitasini tanlashning 5 sababi
10:57 / 2023-10-17

Artel turli xil taomlarni tez va mazali tayyorlashni ta’minlovchi, pishirish yuzasi gazda, duxovkasi esa elektr energiyasi yordamida ishlovchi kombinatsiyalashtirilgan oshxona plitalarini taklif qilmoqda. Kompaniya vakillari nega aynan ushbu modellarni tanlash kerakligini ochiqlovchi 5 ta asosiy sababga to‘xtaldi.

Oshxona plitasini tanlashda xaridorlarni o‘ylantiradigan asosiy savollardan biri plitaning turi bilan bog‘liq: elektr energiyasida ishlaydigan plitani tanlash to‘g‘riroqmi yoki gazda ishlaydigan? Aksariyat uy bekalari taomlarni tayyorlashda gaz plitalaridan foydalanishni afzal ko‘rishadi, chunki jarayonni vizual jihatdan nazorat qilish mumkin, pishiriqlar uchun esa elektr duxovkalarini tanlashadi. 

Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, Artel har ikki turdagi isitish manbasining barcha afzalliklarini o‘zida mujassam qilgan — pishirish yuzasi gazda, duxovkasi esa elektr energiyasi yordamida ishlovchi kombinatsiyalashtirilgan mukammal oshxona plitalarini taklif qilmoqda. Quyida kompaniya vakillari Artel Grand Appetito 04-E multiplitasi misolida nega aynan ushbu modelni tanlash kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

1.Uchta 3D konveksiya rejimi 

Zamonaviy duxovkalarda ko‘plab funksiyalar mavjud bo‘lib, ular orasida eng keraklilaridan biri “Konveksiya” rejimidir. Klassik konveksiya duxovka ichidagi havoni faol tarzda aylantirish uchun mo‘ljallangan. 

Artel multiplitalarida esa uchta 3D konveksiya rejimi mavjud bo‘lib, ular yuqori va pastki isitishdan tashqari, halqali trubkali elektr isitkichini (TEI) ham ishga soladi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta taomni tezroq va samaraliroq pishirish imkonini beradi. Bunda siz bir pishirish varag‘ida (protiven) go‘shtni, boshqasida esa xushbo‘y kartoshkani osongina pishirishingiz mumkin.

Ushbu jarayondagi asosiy afzallik shundaki, tayyorlanayotgan taomning usti qarsildoq, ichi esa yumshoq bo‘lib pishadi. Bu funksiyadan foydalangan holda bayram dasturxoningiz uchun tayyorlanadigan tovuq sizni uyaltirib qo‘ymaydi — usti qizarib, ichi shirali bo‘lib pishib chiqadi. 

2. WOK konforka

Yuqori quvvat va issiqlikni bir maromda taqsimlash kabi xususiyatlarni o‘zida jamlagan WOK konforka doim yumushlar bilan band uy bekalari uchun haqiqiy sehrli tayoqchadek. Axir, mazali taom tayyorlashda haroratni bir maromda saqlab turish o‘ta muhim. 

Artel Grand Appetito 04-E multiplitalariga o‘rnatilgan maxsus WOK konforka qozon yoki tavani uch barobar tezroq qizdirishi hisobiga pishirish jarayonini tezlashtiradi va bu orqali qimmatbaho vaqtingizni tejaydi.

Pishirish idishining pastki qismida o‘ta issiq yoki sovuq zonalar hosil bo‘lmaydi, shuning uchun masalliqlar bir maromda pishadi va kuyib qolmaydi. Qolaversa, butun ichki yuza bir xil rejimda ishlaydi, shu tufayli siz taom tayyorlash jarayonida go‘sht bo‘laklarini chekkadan markazga va yana ortga bir necha bor siljitishingizga hojat qolmaydi.

3. Haqiqiy cho‘yandan yasalgan metall panjaralar