English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Texnikum direktori jarimaga tortildi
17:07 / 2022-10-05

Sirdaryo tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Abidovaning Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘tgan dars soatlari uchun ish haqi to‘lab berilmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro M.Abidova Sirdaryo tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi rahbarining ruxsati bilan 2021-2022 o‘quv yili uchun “Hamshiralik ishi” yo‘nalishining 3 ta guruhida “Asab kasalliklarida hamshiralik parvarishi” fanidan o‘quv amaliyotlarini 12 soatdan jami 36 soat darsni Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida 2022 yil aprel-may oylarida o‘quv jadvali asosida o‘tib, o‘quv mashg‘ulotlari jurnalini rasmiylashtirgan.

Biroq texnikumda M.Obidovani ishga qabul qilish belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, natijada o‘tgan 36 soat darsi uchun to‘lovlar amalga oshirilmagan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 82-moddasida ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan, deb hisoblanishi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga asosan ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar xodimga bajargan ish uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq, Mehnat Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan Sirdaryo tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi tomonidan xodimga o‘tgan 36 soat darslari uchun tegishli tartibda ish haqini hisob-kitob qilgan holda to‘lash choralari ko‘rilishini so‘rab taqdimnoma kiritildi. Shuningdek qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ulga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga taklif kiritildi.

Ta’sir chorasi natijasida fuqaro M.Obidovaning murojaati ijobiy yechim topdi, ish haqi to‘lab berildi. Mehnat qonunchiligi talablarini buzganligi uchun texnikum direktoriga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Sh.Suyarov, O‘zA