
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi “Azizbek” tantanalar saroyida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda, mehnat faxriylari, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan nuroniylar, diniy idora vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi islohotlar shiddat bilan avj olgani, iqtisodiyotni erkinlashtirishda salmoqli natijalarga erishilgani, O‘zbekiston dunyoga qayta bag‘rini ochgani, ochiqlik siyosatiga dadil qadam tashlangani alohida ta’kidlandi.
[gallery-9983]
Shuningdek, xalqimiz farovon yashashi uchun hududlar infratuzilmasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotganligi va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida, keyingi yillarda Termiz shahri yangicha qiyofa kasb etgani borasida fikrlar bildirildi.
Samimiy muloqotda tinch va xotirjam hayotimiz, farovon kunlarimizga shukronalik tilga olindi. Bir piyola choy ustida davom etgan tadbirda san’atkorlarning qo‘shiqlari barchaga zavqu-shavq ulashdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA