English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tergovchilar uchun seminar
16:36 / 2023-09-26

Tergov sifatini, shu orqali sud qarorlarining ham sifatini oshirish bugunning dolzarb masalalaridan biri.

Xorazm viloyati sudi, viloyat IIB hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida tergovchilar uchun “Dastlabki tergov organlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, viloyat IIB va viloyat prokuraturasi vakillari ma’ruza qilib, joriy yilning o‘tgan 8 oyida dastlabki tergov organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar tahlil etildi.

– Joriy yilning yanvar - avgust oylarida sudlarda ko‘rilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Natijada tergov jarayonlarida fuqarolik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar firibgarlik jinoyati deb baholanib, ayblov e’lon qilish holatlari mavjudligi; soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish yuzasidan hamda voyaga yetmaganlarga oid jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy vakil qatnashishi shart bo‘lgan ishda vakil qatnashtirilmaganlik kabi holatlar aniqlandi.

Tahlillar natijasidan kelib chiqib, seminar davomida yosh tergovchilarga Konstitutsiya, Qonun va Kodekslarning qo‘llanilish tartibi haqida tushuntirish berdik, – deydi Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Oybek Mahmudov.

[gallery-13732]

Muloqotlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi qonunlarni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchilikning oldini olish va tergov jarayonida fuqarolarning huquqlarini to‘liq ta’minlash masalalari muhokama qilinib, qatnashchilarning mavzu yuzasidan takliflari eshitildi.  

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA