English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temir yo‘l stansiyalariga xususiy sektor jalb qilinadi
18:43 / 2023-09-25

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yo‘l sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar muhokamasi va ularni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari ayrim temir yo‘l stansiyalarining daromadi o‘z xarajatlarini qoplamayotganiga e’tibor qaratdi.

Masalan, “Nazarbek” stansiyasi atrofida ham aksiyadorlik jamiyatiga qarashli, ham xususiy logistika kompaniyalari joylashgan.

“Temir yo‘l”ga qarashli “Yuksaroy” korxonasi yiliga 1 gektar maydondan 277 million so‘m daromad topgan bo‘lsa, xususiy korxonalar 1 milliard so‘mdan ortiq daromad olayapti.

Shu munosabat bilan temir yo‘l stansiyalariga xususiy sektorni jalb qilish va investitsiya kiritish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

O‘zA