English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tbilisi yaqinida yangi xalqaro aeroport quriladi
14:16 / 2023-06-06

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili Tbilisi yaqinida yangi xalqaro aeroport barpo etilishini ma’lum qildi.

– Biz zamonaviy xalqaro aeroport qurish zarurligi haqida yakdil qarorga keldik, – dedi hukumat boshlig‘i dushanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisda. – Buning uchun eng yaxshi joy Vazianidagi sobiq aerodrom. Jarayonga eng zo‘r arxitektor, loyihachi va mutaxassislar taklif etiladi. Ular manzilni chuqur o‘rganadi va yakuniy qarorga keladi.

Ta’kidlanishicha, avval Tbilisidagi xalqaro aeroportni modernizatsiyalash va kengaytirish rejalashtirilgan, biroq eski fo‘nalg‘aning imkoniyati anchayin cheklanganligi inobatga olinib, yangisini qurish ma’qullangan.

Vaziani – strategik jihatdan muhim harbiy baza bo‘lib, poytaxtdan 20 kilometr masofada joylashgan. Ushbu maskanda, odatda, xalqaro harbiy mashqlar o‘tkaziladi.

Tbilisida ayni payt faoliyat ko‘rsatayotgan Shota Rustaveli nomli xalqaro aeroport Turkiyaning “TAV Airports” xoldingi tomonidan boshqariladi.