English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tahlil: xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zgarish kuzatilmadi
15:27 / 2022-12-07

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari qishloq xo‘jaligida sezilarli yaxshilanish (62 punkt), xizmat ko‘rsatish sohasida (57 punkt) esa hech qanday o‘zgarish kuzatilmaganligini qayd etdi. Iqtisodiyotning barqarorligi 50 punktdan yuqori ko‘rsatkichlar bilan ko‘rsatilgan.

Markaz noyabr oyi yakunlari bo‘yicha navbatdagi so‘rovnomani o‘tkazdi, unda respublikaning barcha hududlaridan iqtisodiyotning turli tarmoqlari vakillari bo‘lgan 1000 nafar tadbirkor ishtirok etdi. So‘rov natijalari "Iqtisodiy sharh" jurnali tomonidan nashr etilgan.

Ishbilarmonlik muhitining jamlangan ko‘rsatkichi o‘tgan oyga nisbatan 1 punktga kamaydi va 53 punktni tashkil etdi, bu mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti holati ijobiy deganidir.

Joriy yilning noyabr oyida jamlangan indikatorning qisqarishi qisman mavsumiydir. Shunga o‘xshash o‘zgarishlar o‘tgan yilning shu davrida kuzatilgan.

Xususan, noyabr oyida umumiy ko‘rsatkichning pasayishiga asosan sanoat va qurilish tarmoqlaridagi dinamika ta’sir ko‘rsatdi. Boshqa tomondan, qishloq xo‘jaligida sezilarli yaxshilanish kuzatildi, xizmat ko‘rsatish sohasi esa hech qanday o‘zgarishlarga duch kelmadi va ancha yuqori ko‘rsatkichlarni saqlab qolmoqda.

Biznes egalarining deyarli yarmi ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishini qayd etdi, chunki 47 foizi o‘z biznesining hozirgi holatini "yaxshi" deb hisoblaydi va faqat 10 foizi "yomon" deb baholaydi. Kompaniyalarning 22 foizi xodimlar sonini ko‘paytirdi, 46 foizi esa ishlab chiqarilgan mahsulot/xizmatlarga talabning o‘sishini qayd etdi.

Keyingi 3 oy ichida biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi ancha yuqori darajada saqlanib, 60 punktni tashkil etdi, bu qishloq xo‘jaligi sohasida – 74 punkt va xizmatlar sohasida - 66 punktni yuqori optimizm bilan tasdiqlaydi.

Kelgusi 3 oy ichida o‘z biznesining umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlarning ulushi deyarli o‘zgarmadi – 70 foiz, tovar va xizmatlarga talabning yanada oshishini 53 foiz tadbirkorlar kutmoqda va 60 foiz tadbirkorlar xodimlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.

Feruzbek Davletov,  

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassisi.

O‘zA