English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taekvondochilarimiz kutib olindi
17:55 / 2022-11-23

Bugun, 23 noyabr kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Jahon chempionatida zafar quchib kelgan mamlakatimiz sportchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Aytish lozim, 122 ta mamlakatning eng kuchli sportchilari qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallashi tarixiy voqelik bo‘ldi. Boisi, o‘zbekistonlik taekvondochilar shu paytgacha o‘tgan jahon chempionatlarida bu qadar e’tiborli medallarga ega bo‘lmagan hamda jahonning kuchli oltita mamlakatidan biri sifatida qayd etilmagan edi.

[gallery-9705]

Yana bir o‘ziga xos jihati, oltin medal sohibi Svetlana Osipov, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan Niyoz Po‘latov va Feruza Sodiqova O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport bo‘limining xodimlari sanaladi.

Kutib olish tantanalarida sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi. Yutuqlar e’tirof etildi. Sportchilarning murabbiylariga minnatdorlik bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida oltin medalga ega chiqqan Svetlana Osipova, kumush medalli Niyoz Po‘latov, bronza medaliga musharraf bo‘lgan Niyoz Po‘latov va Feruza Sodiqova mazkur natijalari orqali "Parij-2024" Olimpiadasining muhim reyting ochkolariga ega bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, N.Haydarov(suratlari) O‘zA