
-
Adliya vazirligi tomonidan aholining tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko‘mak berishga mo‘ljallangan “Biznesga maslahat” (b-advice.uz) interfaol axborot portali ishlab chiqildi.
Mazkur portalni yaratishda Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi.
Portal orqali quyidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin: tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va yangiliklar; biznesni boshlash va yuritish tartib-taomillari; litsenziyalash va ruxsatnoma olish tartiblari; soliq, bank va bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlari; kredit va ssuda olish tartiblari.
Shuningdek, portal orqali tadbirkorlarning onlayn murojaatlari qabul qilinadi.
O‘zA