English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar muhofazasi kafolatlari amalda ta’minlanmoqda
15:52 / 2022-11-16

O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topganidan boshlab xususiy sektor rivoji, aynan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va taraqqiy ettirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Konstitutsiyaning 53-moddasida O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlashi bayon etilgan.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimni ishlarni amalga oshirmoqda. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham ushbu sohaga oid hujjatlarni soddalashtirish zarurligiga e’tibor qaratdi.  

2023 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub’ektining ustav fondi kamaytirilganida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish, elektr energiyasi ortiqcha iste’mol qilinganida uni uzib qo‘yish, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish kabi majburiy talablar bekor qilinishi aytildi.  

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan boshlab soliq organlariga moliyaviy hisobotlarni har chorakda taqdim qilish, 9 xil statistika hisobotlarini topshirish amaliyoti ham bekor qilinadi.  

Bunday imkoniyatlar har bir tadbirkorni rag‘batlantirib, yanada faol ishlashga undaydi.  

Tadbirkorlarning taraqqiyotimizga qo‘shayotgan hissasini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes ombudsman) tomonidan tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, “Tornado Unit” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullari Toshkent shahri Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan ushbu tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasidan norozi bo‘lib Biznes ombudsmanga murojaat qildi.  

O‘rganish davomida mazkur inspeksiya mas’ul xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan «Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida»gi nizom va Soliq kodeksining 138-moddasi talablari qo‘pol buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.  

Tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan dalolatnoma vakil devoni xodimlari tomonidan qo‘yilgan qonuniy talablar asosida bekor qilindi. Huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xodim Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortildi.  

Shunday qonunbuzilish holati “Lamken Servis” xususiy korxonasida o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvida ham uchradi.  

Tadbirkor tomonidan qo‘yilgan masalani o‘rganish natijasiga ko‘ra kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan talabnoma bekor qilindi. Mazkur kameral soliq tekshiruviga mas’ul etib belgilangan Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimi tekshiruvlarning belgilangan tartibini buzganligi uchun tegishli tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi.  

 

Bahrom Bobomurodov,  

Prezident huzuridagi tadbirkorlik  

sub’ektlarining huquqlari va qonuniy   

manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni  

yetakchi inspektori  

O‘zA