English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda sobiq tuman hokimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10:17 / 2022-11-02

Joriy yilning sentyabr oyida lavozimidan ozod qilingan Muzrabot tumanining sobiq hokimi A.E.ga nisbatan DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha, u mazkur tumandagi umumiy qiymati 1,7 mlrd. so‘m bo‘lgan 4,2 gektar yer maydonini auksion savdolarisiz o‘zining yaqin qarindoshlariga rasmiylashtirib bergan.  

Shuningdek, tumandagi banklar uning yaqin qarindoshlari nomlariga turli maqsadlarda 166 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratgan bo‘lib, ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan. Hozirda bank muassasalari tomonidan o‘z vaqtida to‘lovlari amalga oshirilmagan 121 mlrd. 406 mln. so‘mlik kredit mablag‘larini undirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.  

Bundan tashqari, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJda olib borilayotgan taftish davomida aniqlanishicha, A.E. ishtirokida qiymati 35 mlrd. so‘mlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingan. Ta’kidlash lozimki, A.E. 2010-2017 yillarda ushbu Jamiyat rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Jamiyatning 20 dan ortiq mas’ul-mansabdor shaxslari tergov harakatlariga jalb qilingan va ular A.E.ning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan ko‘rsatmalar bermoqda. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

O‘zA