English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi
17:17 / 2023-09-23

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” tashkil etildi.

Kitobsevarlar bayramida viloyat bolalar kutubxonalari mas’ullari, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, qator hamkor tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va kitobsevar yoshlar, kitobxon oilalar ishtirok etdi.

Festival doirasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Eng kitobxon oila” kabi kitobxonlik tanlovlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bugungi marosimda tantanali taqdirlandi.

[gallery-13684]

Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi, ma’naviy-ma’rifiy kecha, teatr tomoshalari tashkil etildi.
San’atkorlar tomonidan taqdim etilgan kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar festivalga bayramona ruh bag‘ishladi.

Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA