English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:13 / 2023-03-25

Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, kurash federatsiyasi, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan 18 yoshdan oshgan sportchilar o‘rtasida viloyat prokurori kubogi uchun kurash musobaqasi o‘tkazildi.

Chempionatda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan ishtirok etgan 200 nafarga yaqin polvonlar 7 ta vazn toifasida chempionlik uchun bahslashdi. Musobaqada 32 nafar g‘oliblar aniqlandi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev hamda viloyat prokurori Savid Imatov tomonidan g‘oliblarga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


****
Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari Ramazon oyining ilk juma namozini jamoat bilan ado etish uchun Guliston shahridagi "Guliston" jome masjidiga keldi. Juma namozi avvalida Muftiy hazratlari jamoatni Ramazon oyi bilan muborakbod etib, bu oy xayru ehson qilish, ko‘ngillarni olish uchun eng qulay fursat ekanini qayd etdi.


Bu yo‘lda ayni kunlarda Yurtboshimiz tashabbusi bilan hududlarda kam ta’minlangan oilalar xonadonlarida iftorliklar tashkil etilayotganini alohida ta’kidladi. Mazkur iftorlik dasturxonlarida imom-xatiblarning ishtiroki, oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etilayotgani aholini yanada mamnun etmoqda.
*****
Sirdaryolik "Yosh qutqaruvchi — 2022" g‘oliblari Belarus Respublikasiga yo‘l oldi.

Joriy yil 26 martdan 2 aprelga qadar Belarus Respublikasining Minsk shahrida o‘smirlar o‘rtasida “Qahramon” shiori ostida xalqaro sport musobaqasi o‘tkaziladi. MDH mamlakatlari vakillari qatnashadigan ushbu nufuzli musobaqada “Yosh qutqaruvchi — 2022” Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan Sirdaryo viloyati Xovos tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabining “Madad” jamoasi vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Jamoa vakillarini kuzatish tadbirida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev, viloyat FVB boshlig‘i va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Sh.Suyarov,
Sh. Ortiqboyev,(surat) O‘zA