Sinfxonalarda harorat pastligi sababli ayrim umumta’lim maktablari vaqtincha yopildi

Yangihayot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ushbu tumandagi umumta’lim maktablarining sinfxonalarida nazorat-tekshirish ishlarini olib bordi. Sinfxonalardagi issiqlik harorati pasayib ketganligi sababli, tumandagi 2-3-334- sonli umumta’lim maktablari yopildi.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida harorat 16º S dan past bo‘lmasligi kerak. Harorat ushbu me’yordan past bo‘lishi oqibatida o‘quvchilar o‘rtasida gripp, yuqori nafas yo‘llari kasalliklari kelib chiqishi mumkin.
O‘zA