English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoira xotirasiga ehtirom
20:34 / 2024-10-05

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Enaxon Siddiqovaning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi xonadonidan boshlandi. Bu yerga respublika va viloyatdan keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar jam bo‘ldi.  

Enaxon Siddiqova hayot bo‘lganida bu yil 70 yoshni qarshilagan bo‘lardi. U istiqomat qilgan xonadonda sevimli shoiraga atab yodgorlik lavhasi o‘rnatildi.  

Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘ofurov va boshqalar Enaxon Siddiqovaning milliy adabiyotimiz rivoji, shu bilan birga yurt ravnaqi va xalq farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.  

[gallery-19616]

Mazkur adabiy-ma’rifiy tadbirlar Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida davom etdi. “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” deb nomlangan kechada O‘zbekiston xalq shoiri, betakror ijodkor va fidoyi inson Enaxon Siddiqovaning hayot yo‘li va ijodi haqida so‘z yuritilib, porloq xotirasi yodga olindi.  

Adabiyot bayrami ma’naviyat va ma’rifat shodiyonasiga aylandi, shoiraning she’rlari yangradi.  

Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan Enaxon Siddiqovaning 70 yilligi munosabati bilan saylanmasi nashr etildi.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA