English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Koreya navbatdagi raketalarni uchirdi
10:36 / 2022-11-02

Shimoliy Koreya chorshanba kuni Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda birinchi bo‘lib Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Yaponiya qirg‘oqchilari dengizchilarga murojaat qilib, mintaqada kemalarning raketa parchalari topilsa, ularga yaqinlashmaslikka, zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishga chaqirmoqda.  

Hukumat manbalariga tayanib, “Kyodo” KXDRning ballistik raketasi Yaponiyaning iqtisodiy eksklyuziv zonasi tashqarasidagi Yapon dengiziga tushgan, deb xabar tarqatdi.  

Raketa uchirilishi munosabati bilan Yaponiya Shimoliy Koreyaga norozilik bildirgan, deb ma’lum qildi Yaponiya mudofaa vaziri Yasukadzu Xamada.  

“KXDRning bunday xatti-harakatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan biz Pekindagi elchixonamiz orqali norozilik bildirdik”, dedi vazir.  

Yil boshidan buyon KXDR 29 ta raketa uchirgan, ulardan 23 tasi har xil turdagi ballistik raketalarni tashkil etadi.  

 

 O‘zA