English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokor maslahatisiz dori sotib olmang
10:26 / 2023-01-02

-

– Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi barcha tibbiyot muassasalariga “Dok-1 Maks” dori vositasini davolanish maqsadida iste’mol qilib, preparatning nojo‘ya ta’siri yuzasidan fuqarolar va tibbiyot mussasalari xodimlari tomonidan murojaatlar bo‘lmadi, – deydi Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalik yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassisi Qayum Soliyev. – Lekin, Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislarining boshqa viloyatlar SSBlari bilan o‘rnatilgan hamkorlikdagi surishturuv va ma’lumotlar almashinuvi natijasida, jizzaxlik bemorlar Toshkent shahri va Samarqand viloyatining klinikalariga “DOK-1 MAKS” serob preparatini ota-onalar tomonidan bolalarini davolash maqsadida qabul qilib, bolalarini ahvoli yomonlashgach murojaat qilganligi aniqlangan.

Uy sharoitida “Dok-1 Maks” dori vositasini ichirgandan keyin 2 kun o‘tib bolada holsizlik va qusish alomatlari kuzatilgan. Zarbdor tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi qabul bo‘limiga murojaat qilgan. Qabul bo‘limida mutaxassis ko‘rigidan o‘tkazilib, qusishni oldini olish uchun butunlay boshqa dori vositalari buyurilgan. Ammo ota-onalari bemorni o‘z xohishlari bilan Toshkent shahriga olib ketgan. 2022 yilning 28 dekabr kuni Toshkent shahridagi shifoxonada vafot etgan. Samarqand shahridagi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga murojaat qilgan 3 nafar Jizzax viloyatida istiqomat qilgan bola ham “Dok-1 Maks” dori vositasini qabul qilgandan so‘ng vafot etganligi aniqlangan.

Har uch holatda (Toshkent shahridagi 1 holat rasman tasdiqlanmagan) vafot etgan bolalarga “Dok-1 Maks” dori vositasini shifokorlar tavsiya qilmaganligi aniqlandi.

Ayni paytda respublikamizdagi kabi Jizzax viloyatining dorixonalarida “Dok-1 Maks” dori vositasi savdosi butunlay to‘xtatilgan. Viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha shifoxonalarda tunu kun ish tashkil etilgan.

A.QAYUMOV, O‘zA