Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Samarqand shahrida O‘zbekiston tibbiyot xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan fidoyi tibbiyot xodimlari ishtirok etmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini Prezident maslahatchisi Odil Abdurahmonov o‘qib eshittirdi.

Bayram tadbiri davom etmoqda.

O‘zA.