English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sardobada aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi
21:45 / 2022-12-15

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvi Akmaljon Mahmudaliyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Sardobada aholini qiynab kelayotgan muammolar, ijtimoiy soha ob’ektlarining qishki tayyorgarlik holatini o‘rganib, uni bartaraf etish ustida ish olib boryapti.

Ular tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, muassasaning qishki mavsumga tayyorgarlik holati, shifo umidida kelgan fuqarolar, davolanayotgan bemorlar, ular uchun yaratilgan sharoit va xizmat turlarini o‘rgandi.

Aniqlangan kamchilik, yechimtalab muammolarni bartaraf etish yuzasidan soha xodimlariga, shu sohaga aloqador tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriq berildi.

Shu bilan birga tuman tibbiyot birlashmasiga kelgan fuqarolar, sog‘liqni saqlash sohasiga aloqador bo‘lgan soha xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ular tomonidan bildirilgan fikrlar tinglanib, gaz, suv, elektr energiya, uy-joy, yo‘l va boshqa masalalardagi muammolarga yechim izlandi.

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev, O‘zA