English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanduning fikricha, Moldovaning xavfsizligini uning betaraflik maqomi emas, balki kuchli armiya ta’minlay oladi
14:25 / 2022-09-29

Moldova xavfsizlik masalasida o‘zining konstitutsiyasidagi betaraflik maqomiga emas, balki kuchli armiyasiga suyanishi kerak. Chorshanba kuni respublika prezidenti, mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Mayya Sandu JURNAL TV telekanaliga bergan intervyusida ushbu pozitsiyani bayon qildi.

"Betaraflik boshqa mamlakatlar unga amal qilsagina faoliyat ko‘rsatadi. Aks holda biz himoyalanishga tayyor bo‘lishimiz lozim. Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarini ko‘rar ekanmiz, xavf juda kattaligini, betarafligimiz hurmat qilinmasligini tushunyapmiz. Bu esa, taassufki, bizga mudofaa sohamizni mustahkam zarurligini anglatadi", – dedi Sandu.

Uning eslatishicha, betaraflik maqomi Moldovaning u yoki bu harbiy blokka qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, respublikaning armiyani modernizatsiyalashga mablag‘i ham yo‘q, shu bois g‘arblik donorlardan umid qiladi. Shu bilan birga, Sandu o‘z intervyusida tan olinmagan Pridnestroviya va Moskva tomonidan salbiy munosabat bildirilishidan qo‘rqmasligini ham ta’kidlagan.