English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda gastronomik festival bo‘lib o‘tadi
16:20 / 2022-10-05

7-8 oktyabr kunlari Samarqandda Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tadi. Unda oshpazlar tanlovi va san’atkorlar chiqishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbir doirasida mehmonlar turli xil taomlardan tatib ko‘rish imkoniga ham ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan tadbir mamlakatimizning gastronomik salohiyatini ommalashtirishga, milliy oshpazlik an’analarini targ‘ib qilish orqali sayyohlar oqimini oshirishga yo‘naltirilgan.

Tadbir doirasida oshpazlar tanlovi ham o‘tkaziladi. Unda xorijiy mamlakatlar va O‘zbekistonning turli viloyatlaridan oshpazlar jamoalari, umumiy ovqtlanish maskanlarida chet el sayyohlariga xizmat ko‘rsatuvchi oshpazlar qatnashadi. Hay’at a’zolari tomonidan eng mazali taomlar baholanib, sara oshpazlar aniqlanadi. Festival yakunida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

 

Roman BONDARCHUK, O‘zA