English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda chiqindi uchun to‘lov miqdori oshirilmoqda
17:50 / 2023-09-21

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida “Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida”gi masala ham ko‘rib chiqildi.

Deputatlar mutasaddi idoralarning murojaati va xulosasiga asoslanib, viloyat shahar va tumanlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini oshirish to‘g‘risidagi taklifni ma’qulladi.  

Unga ko‘ra, to‘lov miqdori:  

- Samarqand shahri va tumanida aholi uchun bir kishiga bir oyda 5 ming so‘m, yuridik tashkilotlar uchun maishiy chiqindining 1 metr/kubiga 90 ming so‘m, 1 tonnasiga 182 ming 550 so‘m, suyuq chiqindilar uchun 86 ming 525 so‘m etib;

- Kattaqo‘rg‘on shahri va tumanlar aholisi uchun bir kishiga bir oyda 4 ming 129 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun maishiy chiqindining 1 metr/kubiga 59 ming 693 so‘m, 1 tonnasiga 155 ming 824 so‘m, suyuq chiqindilar uchun 70 ming 600 so‘m etib belgilandi.

Endilikda viloyat hokimining bu haqdagi qarori qabul qilinishi kerak va unda yangi tariflar qachondan kuchga kirishi belgilanadi.

Shuningdek, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, shu paytgacha Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri bo‘lib ishlagan Zafar Karimov o‘z  arizasiga ko‘ra, vazifasidan ozod etildi. Deputat Saidahmad Usmonov ushbu vazifaga tasdiqlandi.  

G‘.Hasanov,  

O‘zA muxbiri.