English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samarqand” TIF bojxona postida 2 ming 802 ta bojxona ko‘rigi amalga oshirilgan
17:02 / 2023-09-21

Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Choriyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Samarqand” TIF bojxona posti va “Bojxona Servis” DM Samarqand viloyati bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Post xodimlari tomonidan shu kunga qadar 2 ming 802 ta bojxona ko‘rigi amalga oshirilgan bo‘lib, bu eksportda 381 ta, importda 2 ming 363 ta va tranzit yo‘nalishida 56 tani tashkil etadi.  

“Samarqand” TIF bojxona postida joriy yil boshidan shu kunga qadar 87 ta BQB holati yuritilgan bo‘lib, bojxona ko‘riklari natijasida post xodimlari tomonidan 55 ta holatda jami 3 milliard 511 million so‘m tovar moddiy boyliklari bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlangan.  

Ushbu postda ish samaradorligini yanada oshirish va yuqori natijalarga erishish, bojxona to‘lovlarini to‘liq undirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Navbatdagi manzil “Bojxona Servis” DM Samarqand viloyati bo‘limi bo‘ldi.  

Joriy yilning o‘tgan davrida 7 milliard 783,1 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklari ijroga qaratilgan va 927,4 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.  

Uchrashuv davomida kelgusida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha xodimlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA