Sadir Japarovning tashrifi yakunlandi

Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida ishtirok etgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov mamlakatimizga tashrifini yakunladi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
[gallery-9524]
Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgan. Uning ilk sohibi turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, ulug‘ gumanist Chingiz Aytmatov bo‘ldi.
Sammit yakunida bu mukofot Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga topshirildi.
I.AVVALBOEV, A.ABDULLAEV, J.NORQOBILOV (foto), O‘zA.