English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentning telefon sim-kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olishi mumkin?
16:07 / 2024-07-04

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova javob berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ruxsatnoma abituriyentning  my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetida shakllantiriladi. Abituriyent ruxsatnomasida imtihonlar o‘tkaziladigan manzil, kuni va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda kasbiy/ijodiy imtihonlarga kiradigan abituriyentlar shaxsiy kabinetlaridan ruxsatnomani yuklab olishi mumkin.  

Bunda onlayn ro‘yxatdan o‘tishdagi telefon raqam login o‘rnida hamda o‘zlari qo‘ygan parolni kiritgan holda shaxsiy kabinetga kirib, ruxsatnomani yuklashi mumkin. Agarda telefon sim-kartasi yo‘qolgan va parol yoddan ko‘tarilgan bo‘lsa, aloqa kompaniyasiga borib, ro‘yxatdan o‘tgan raqamni qayta tiklash (sim-kartani yangilash) mumkin. Shuningdek, Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilganda, murojaatchi so‘ragan boshqa telefon raqamiga o‘zgartirib beriladi.  

Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi?  

Yo‘q, abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qaysi viloyatni belgilagan bo‘lsa, ayni shu hududda tashkil etilgan imtihonda qatnashishi mumkin. Boisi, shu abituriyent uchun test materiallari ayni u belgilagan hudud uchun ajratilgan bo‘ladi va uni almashtirish imkoni mavjud emas.  

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, bu yil ham abituriyentlar kirish imtihonlarining yakuniy natijalari chiqqandan so‘ng, mutaxassislik fanlariga mos 5 tagacha yo‘nalishni tanlash imkoniyati ega bo‘ladi. Buning uchun ularga test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun muhlat beriladi. Ushbu muddat davomida abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA