English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiyalik olimlar Buxoro bilan tanishmoqda
20:15 / 2023-11-19

Mintaqaviy iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi prezidenti Pyotr Burak boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga keldi.

Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori Mirakbar Rahmonqulov hamrohlik qilmoqda.

Mehmonlarni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qabul qildi.

Viloyat rahbari mehmonlarga Buxoroning turizm imkoniyatlari, investitsion jozibadorligi, geografik nuqtai nazardan qulay hududda joylashgani, qishloq xo‘jaligi, tabiiy boyliklari, sanoat zonalari hamda investorlarga yaratib berilgan imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumot berdi.Yurtimizda davlatimiz  rahbari tomonidan barcha soha va tarmoqlarni izchil rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, hududning turizm, iqtisodiyot, investitsiya va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Pyotr Burak samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etdi. Shu bilan birga Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Bu borada yaqindan hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

Delegatsiyaning Buxoroga tashrifi davom etmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri