English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya – Ukraina
10:55 / 2023-01-05

Harbiy yordam davom etadi...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish “agar ikki tomondan murojaat kelib tushsa, Ukraina atrofidagi ziddiyatda vositachilik qilishga tayyorman”.  

Uning bu bayonotini BMT Bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlar bilan suhbatda yetkazdi.  

“Bosh kotib nafaqat mazkur ziddiyat, balki butun sayyoramizda yuz beradigan inqirozli vaziyatlarda ham shunday yo‘l tutadi”, deb qo‘shimcha qildi u.  

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “hamkorlarimizning Kiyevga G‘arb tanklarini yetkazib bermaslikka sabab yo‘q”, dedi.    

“Fransiyadan ko‘plab bronetexnikalar, shu jumladan, g‘ildirakli tanklar olmoqdamiz. Bu boshqa hamkorlarimizga saboq bo‘lishi kerak”, deb ta’kidladi Ukraina yetakchisi ijtimoiy sahifalarda.  

Zelenskiy chorshanba kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon muloqoti davomida bu haqda suhbatlashgan. “Reuters” agentligining xabariga ko‘ra, Makron Kiyevga “AMX-10 RC” tanklarini yetkazib berish va’dasini bergan.  

Shu bilan birga, Ukrainaning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Germaniya kansleri Olaf Sholsni Kiyevga tanklar yetkazib berish niyatidan voz kechganini tanqid  qilib chiqdi.  

Zelenskiy Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar bilan telefon muloqotda suhbatdoshiga “ayozli qish davrida mamlakati energetika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi”.  

Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashidagi strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Jon Kirbi “har bir davlat, shu jumladan, Isroil ham Moskva va Kiyev bilan munosabatlarning darajasini o‘zlari mustaqil belgilaydilar”, deb bayonot berdi. 

Binyamin Netanyaxu Bosh vazir etib saylangach, Isroil va Rossiya munosabatlari yaxshilanishi to‘g‘risidagi savollarga javob qaytarib bu haqda gapirdi Kirbi.  

“Isroil AQSHning munosib hamkori, do‘sti va ittifoqchisidir. Netanyaxu biz uchun yangi siyosatchi emas va biz Isroil hukumati bilan mintaqa va uning tashqarisidagi umumiy tahdidlar borasida birga ishlashni davom ettiramiz”, deb qo‘shimcha qildi u.  

Litva Prezidenti Gitanas Nauseda “2023 yilda ham Vilnyus Ukrainaga harbiy texnika va qurol-yarog‘lar bilan yordam berishni davom ettiradi”, deb bayonot berdi.  

“Barcha ittifoqchilar yordam berish sur’atini oshirishlari kerak. Kiyev, albatta, g‘alaba qozonadi”, deb yozdi yetakchi ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.  

 

Abror XON, O‘zA