
Telefon suhbatlari, yaralangan jurnalistlar...
BMT Xavfsizlik kengashining 12 yanvarda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Ukraina atrofidagi vaziyat muhokama qilinadi. Bu haqda Yaponiyaning BMTdagi doimiy vakili Kimixiro Isikane xabar berdi.
“Bugunga qadar Ukrainaning fevral oyida “tinchlik sammiti” o‘tkazish bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar kelib tushmadi”, dedi BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Farxan Hak.
“BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish Ukraina tomonining taklifiga binoan tadbir o‘tkazishda vositachilik qiladi, xolos. Sammit o‘tkazilishida na uning o‘zi, na xalqaro tashkilotning hech qanday aloqasi yo‘q”, deb qo‘shimcha qildi u.
3 yanvar kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Rishi Sunak bilan telefon muloqoti o‘tkazib, unda ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, deb yozdi prezident ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.
AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniy bilan telefon orqali mavjud ziddiyat yuzasidan suhbatlashib oldilar.
Bu haqda Amerika tomonidan polkovnik Devid Batler xabar berdi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bugun, chorshanba kuni Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashishi rejalangan. Turkiya yetakchisi matbuot kotibi Ibrohim Kalinning xabar berishicha, tomonlar Ukraina ziddiyatini hal etish masalasini ko‘rib chiqadilar.
Isroilning yangi Tashqi ishlar vaziri Eli Koen va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatiga Kiyevdan norozilik bildirildi. “The Times of Israel” gazetasiga intervyu bergan Ukrainaning Isroildagi elchisi Yevgeniy Korniychuk “Tel-Avivning Kiyevga nisbatan bugungi pozitsiya noaniq bo‘lib qolmoqda”, dedi.
Elchi “Bir necha oydirki, Ukraina hududlari zarur ko‘rayotgani haqida Tel-Avivdan qoralash bayonotlari berilmayapti. Isroil hamkorlarimiz ichida noyobdir. U sukut saqlamoqda”, deb qo‘shimcha qildi.
Kanadaning “CBC” telekanaliga intervyu bergan AQSHning iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis “Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroning bu mamlakat chegaralaridan tashqariga kengayishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Agar NATO davlatlaridan birortasi unda ishtirok etsa, bunday vaziyat halokatga olib kelishi mumkin”.
“Chegara bilmas muxbirlar” nohukumat tashkilotining xabar berishicha, 31 dekabr-2 yanvar kunlari Ukraina hududlarida Germaniya va Yaponiya jurnalistlari jangovor harakatlar davom etayotgan joyda yaralandilar.
Xalqaro tashkilot bayonotida 31 dekabrda yarador bo‘lgan “Asahi” gazetasi muxbiri Vataru Sexita va “Bild” nashri xodimi Born Shtritselga tezroq tuzalib ketishlariga tilak bildiriladi.
Abror XON, O‘zA