English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya-Ukraina
11:46 / 2022-12-29

Qochoqlar, haykallar...

Qochoqlar ishlari bo‘yicha BMT Oliy komissari boshqarmasi fevral oyidan beri 7 ming 896 825 ukrainalik Yevropa mamlakatlariga qochib o‘tgan.  

24 fevraldan 27 dekabrgacha eng ko‘p qochoqlarni Rossiya – 2 million 900 mingga yaqin kishini qabul qilgan.  

Keyingi o‘rinlarda Polsha (1 546 354), Germaniya (1 021 667), Chexiya (474 731), Italiya (173 231), Ispaniya (160 287), Buyuk Britaniya (152 200), Bolgariya (148 451), Fransiya (118 994), Ruminiya (106 629), Slovakiya (105 370) va Moldaviya (100 494) turadi.  

Qolgan mamlakatlarda bu raqam 100 mingdan oshmaydi.  

Umuman, bu davrda 16  million 900 mingga yaqin ukrainaliklar qo‘shni mamlakatlarga chiqib ketgani aytiladi. Ulardan to‘qqiz millioniga yaqini Ukrainaga qaytib kelgan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoglu BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon muloqotida Ukraina atrofidagi vaziyat va don shartnomasining bajarilishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.  

Fransiya Qurolli kuchlari vaziri Sebasten Lekornyu Kiyevga safari davomida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va hamkasbi Aleksey Reznikov bilan uchrashgan.

“Agence France-Presse” xabar berishicha, Lekornyu mudofaa vaziri bilan joylardagi “taktik va strategik vaziyat” va “Ukraina armiyasining yaqin haftalardagi ehtiyojlarini” muhokama qilgan.  

Shuningdek, vazir Ukraina uchuvchisiz jangovor uchoq apparatlari (BPLA) ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “umumiy hisobda davlat 1,4 ming dona BPLA sotib olgan”.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal bin Farxan al-Saud rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashgan.

Saudiya matbuot agentligi “Podshohlik tomonlar orasida barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishda, shuningdek, Ukrainadagi inqirozni siyosiy tartibga solish bo‘yicha xalqaro amallarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, deb xabar beradi.

Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorovning aytishicha, “SpaceX” kompaniyasi rahbari Ilon Maskdan mamlakatining global “Starlink” koinot aloqasi tizimiga ulanishni o‘tinib so‘ragan.

“Tiz cho‘kib yolvordim, “Starlink” “minglab odamlarning hayotini saqlab qolish mumkinligini aytdim”, Federov so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Associated Press”.  

Bu tizim keng miqyosdagi elektr energiyasi uzilishi oqibatida qo‘llaniladi.  

Odessa shahridagi taniqli rus qo‘mondoni Aleksandr Suvorov haykali olib tashlangan.

Voqea 29 dekabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Shu kuni, shuningdek, Yekaterina II haykali ham qo‘porib tashlangan. Bu haqda suratlari bilan Odessa shahar kengashiga tayanib mahalliy "Dumskaya" internet nashri ma’lum qilgan.

Rossiya imperatori buyrug‘i bilan 1794 yilda Odessa shahriga asos solingan edi. 1900 yilda o‘rnatilgan Yekaterina II haykali yigirma yildan keyin demontaj qilingan edi. 2007 yildagina haykal joyiga qaytarib qo‘yilgandi.

 

Abror XON, O‘zA