Rossiya TIV: Moskva neft omboridagi yong‘in yuzasidan Kuba bilan doimiy aloqada

Rossiya tashqi ishlar vazirligi neft omboridagi yong‘in bilan bog‘liq holatni muvofiqlashtirish uchun Kuba bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Bu haqda RF TIV saytida ma’lum qilindi, deyiladi "RIA Novosti" axborotida.
Xabarda eslatilishicha, juma kuni kechqurun Matanzas provinsiyasi portidagi Kuba neft omborida, taxminan, 25 ming kubometr neft bo‘lgan tank gumbaziga chaqmoq urilishi oqibatida kuchli yong‘in kelib chiqqan. O‘t o‘chirish brigadalarining tinimsiz ishlashiga qaramay, alanga qo‘shni tankga ham o‘tgan. Oqibatda ketma-ket portlash sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida 110 dan ziyod kishi jarohatlangan,17 kishi hozircha bedarak. Kuba hukumati talofat oqibatini bartaraf qilishda ko‘mak so‘rab, bir necha davlatga murojaat qilgan.