English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Referendumga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi
12:55 / 2023-03-29

Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etilib, 17 nafar a’zo va ular orasidan komissiya raisi, o‘rinbosari, kotibi saylangan edi.

Yig‘ilishda okrug komissiyasi raisi Nazira Tog‘ayeva Okrug komissiyasi o‘z faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillari asosida tashkil etishi, komissiya qarorlari ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda 5-Navoiy okrug komissiyasining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasi, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida okrug komissiyasi a’zolarining navbatchilik jadvali, hududda 411 ta uchastka referendum komissiyalari tuzish, okrug komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasi huzurida matbuot markazi tuzish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilib, markaz rahbari va uning a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

Majlis yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

A.Bo‘riyev,

O‘zA