Rebrending rivojlanishiga o‘ziga xos yordam beradi, lekin u brendning oldiga yanada ulug‘vor rejalar qo‘yada.
Yaqinda – 26 avgust kuni “Mikrokreditbank” rebrending tadbiri o‘tkazgani haqida xabarlar keng tarqaldi. Bu bankning yanada rivojlanish, mijozlarga oldingidan ham ko‘proq qulay xizmatlar ko‘rsatish borasida harakatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotganini anglatadi. Bu – yaxshi.
Bank logotipi va shiori o‘zgardi. Yangi logotipda “M” harfi aks etdi. Bu “Mikrokreditbank”ni anglatadi. Harfda yashil rangdagi belgi bor. U to‘g‘ri tanlov, barqarorlik, birlik, muvaffaqiyat ma’nolarini anglatadi. Ikkita ko‘k ustunlar esa poydevor ramzi sanaladi – mustahkam ishonchni bildiradi.
Logotipdagi ranglarga alohida to‘xtalish lozim. Yashil rang o‘sish va rivojlanish demak. Ko‘k rang esa professionallik va taraqqiyotni ifodalaydi.
MKBANK – yangi brend nomi sifatida “Mikrokreditbank”ning qisqa nomlanishi hisoblanadi. “MKBANK – Farovon hayot poydevori!”. Bu esa bankning yangi shiori.
Yuqoridagi qisqa sharhdan ko‘rinib turibdiki ushbu bank faoliyatida sezilarli o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Mijozlar oldida mas’uliyat yanada ortmoqda.
“Mikrokreditbank”ning poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida tashkil etilgan rebrending tadbirida ishtirok etgan mehmonlar, jurnalist va blogerlar, bankning faol mijozlari yangi logotip va shiorga yuqori baho berishdi.
<iframe width="614" height="400" src="https://www.youtube.com/embed/N9aEj47ddqY" title="MKBANK - Logo animation (brandbook)" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
Tadbirda bank boshqaruvi raisi Orif Bo‘tayevning transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish, raqamli bank texnologiyalarini joriy etish, bu orqali bank xizmatlarining sifati va ommabopligini oshirishga qaratilgan rejalar haqidagi axborotini yig‘ilganlar qiziqish bilan tingladi.
Bankning shu kunga qadar bosib o‘tgan yo‘li, amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Istiqbolda bank faoliyatida kutilayotgan o‘zgarishlar, aholiga taqdim etilayotgan yangi turdagi xizmatlar, uni O‘zbekistondagi eng ilg‘or banklardan biriga aylantirish yo‘lidagi strategik g‘oya va rejalar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, BRANDBOOK va Manifest promo-roliklari namoyish etildi.
<iframe width="614" height="400" src="https://www.youtube.com/embed/zHKWAqlRJM8" title="MKBANK - Manifest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
Shu o‘rinda “Mikrokreditbank”ning faoliyati haqida ba’zi raqamlarga to‘xtalish o‘rinli. Ushbu bankning mamlakatimiz bo‘yicha 71 ta filial, 91 ta bank xizmatlari markazlari, 150 ta 24/7 ko‘rinishidagi maxsus kassalar, 143 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari, 155 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari tarmog‘iga ega. O‘rnatilgan bankomatlar soni 2020 yilda 102 donani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 529 taga yetkazilgan.
Asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Mikrokreditbank” respublika banklari orasida 2020 yildagi 12-o‘rindan bugungi kelib 8-o‘ringa ko‘tarilgan.
Tadbirida bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Hamidov bankning yangi rivojlanish strategiyasi, transformatsiya jarayonlarining borishi hamda 2022–2025-yillarda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Yana bir muhim yangilik – shu kuni bankning rasmiy sayti ham yangilagan ko‘rinishda ishga tushirildi.
Reklama huquqi asosida