
Rossiya-Ukraina
NATO tarkibiga yangi mamlakatlar qo‘shilishi Ukraina ziddiyatini kuchaytiradi. Bu haqda “Politico” gazetasiga intervyusida AQSH prezidentlik saylovida ishtirok etish niyatini bildirgan tadbirkor Vivek Ramasvami aytib o‘tdi.
“Bilaman, bu gap noo‘rin, ammo haqiqat: NATOning kengayishi falokat keltiradi”, dedi u.
Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi Ukraina “rasman” qarshi hujumni boshladi, deb hisoblaydi. Bu haqda “Politico” o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi. Nashr Amerika harbiy yo‘ldoshlari Ukraina harbiylari faollashganini qayd etganini yozgan.
Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Kiyev “ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha” hujum harakati boshlaganini aytdi.
AQSH prezidentligiga nomzod kichik Robert Kennedi Ukrainada Amerika biologik laboratoriyalari borligini tasdiqladi.
“Bizning butun dunyoda, xususan Ukrainada ham laboratoriyalarimiz bor, ushbu manzillarda barcha turdagi biologik qurol ishlab chiqariladi”, dedi u.
Kardinal, Italiya yepiskoplar konferensiyasi rahbari Matteo Zuppi Rim Papasi Fransisk vakili sifatida Kiyevga yetib keldi. U keyin Moskvaga boradi. Bu haqda vatikandagi manba xabar berdi.
Belgiya Bosh vaziri Aleksander De Kroo Ukrainaga berilgan qurol-aslaha faqat mudofaa maqsadida qo‘llanishi kerak, dedi “Radio 1”ga intervyusida.
– Bizda jiddiy nazorat mexanizmi bor, – degan u. – Mudofaa vazirligi va Razvedka xizmati Kiyevning Rossiyaga qarshi Belgiya quroli qanday ishlatilganini aniqlash uchun surishtiruv boshladi.
Zaporojedagi MAGATE ekspertlari Bosh direktor Rafael Grossini AESda xavfsizlik bo‘yicha vaziyatdan xabardor qilib turishadi. Har qanday qoidabuzarlik oshkora e’lon qilinadi. Bosh kotib bayonotiga ko‘ra, bu tamoyil Moskva va Kiyev bilan uzoq maslahatlashuvdan keyin ishlab chiqilgan.
“Keyingi payt AES atrofida harbiy harakat ko‘paygan”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina yozda boshlanadigan qarshi hujum chog‘i qiruvchi “F-16”dan foydalana olmaydi.
Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov “NHK” telekanaliga bildirishicha, “hali uchuvchi va muhandislarni tayyorlashna ulgurilmagan, bu uchoqlar kuz yoki qishda ishga tushadi.
Prezident Vladimir Zelenskiy Kiyevda Buyuk Britaniya TIV rahbari Jeyms Kleverli bilan uchrashuv chog‘ida havo hujumiga qarshi tizimni tezroq yetkazib berish masalasini muhokama qilgan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. Ukraina yetakchisi Londonda 21-22 iyunda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada mamlakatini, jumladan, energetika va oziq-ovqat sohasida tiklash rejasini taqdim etishga va’da berdi.
“Bu xususda barcha vazirlik, idora, muassasalar jiddiy ish olib bormoqda”, deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Poytaxtda Kiyev meri Vitaliy Klichkoning egallab turgan lavozimini tark etishi talab qilingan petitsiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Ukraina prezidenti matbuot xizmati. Tashkilotchilar qayd etishicha, Klichko o‘z majburiyatini bajarmayapti. Masalan, bombadan saqlanish joylari tayyorlanmagan, ma’muriyat korrupsiya botqog‘iga botib boryapti.
Aytilishicha, davlat rahbari ushbu talabni ko‘rib chiqishi uchun 25 ming imzo to‘planishi kerak. Hozircha petitsiyani 200 kishi qo‘llagan.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Ukraina himoyasida 60 mingdan ziyod ayol ishtirok etmoqda. Ulardan 42 mingi harbiy xizmatchi.
Ma’lum qilinishicha, bu raqam ortib boryapti. O‘tgan yil fevral oyida Ukraina Qurolli kuchlari safida 30 mingga yaqin xotin-qiz bor edi.
Abror XON, O‘zA