English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilishda xomashyo va uning sifati muhim
18:42 / 2024-10-05

Yangi qurilayotgan turarjoy binolarining uzoq yillar davomida aholiga xizmat qilishi unga ishlatilayotgan qurilish xomashyolari va bajarilayotgan ishlar sifatiga bog‘liq.

Yangiyer shahri va Boyovut tumanlarida qurilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivlarida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda ana shu jihatlarga ahamiyat qaratildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Azlarjon Sodiqov  mazkur massivda qurilayotgan uy-joy va ularning qurilish jarayonlari bilan tanishib, qurilish ishlari bilan bog‘liq ayrim muammo va kamchiliklarga e’tibor qaratib, tashqi kommunikatsiya (isitish, elektr tarmog‘ini tortish, ichimlik, oqova suv tarmog‘ini va ichki yo‘llarni qurish, gazlashtirish) va obodonlashtirish ishlarini bajarishda alohida mas’uliyat bilan yondashish kerakligini tushuntirdi.

Tadbirda buyurtmachi va quruvchi pudrat tashkilot rahbarlari bilan suhbatlashilib, uy-joylarning qurilishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va ularni o‘z vaqtida xonadon egalariga topshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri