English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti yozgan memuar asarning Oʻzbekiston Prezidenti uchun atalgan nusxasi topshirildi
20:58 / 2023-12-06

6-dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻtgan uchrashuvda mehmon davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga Qozogʻiston Birinchi Prezidentining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Shuningdek, Aydos Ukibay Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuarlar kitobining Oʻzbekiston Prezidentiga atalgan va muallif dastxati tushirilgan nusxasini topshirdi.

Tarixiy jarayonlar va shaxsiy munosabatni oʻzida mujassamlashtirgan kitobda Nursulton Nazarboyev oʻzining hayotiy yoʻli, mamlakatning shakllanish va rivojlanish davri toʻgʻrisidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashadi. Respublikaga rahbarlik qilgan oxirgi oʻn yilliklardagi voqealarga baho beradi.

Kitob qahramonlari orasida muallif siyosiy maydonda kesishgan taniqli siyosatchilar ham bor. Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti davlat va hukumatlar rahbarlari, boshqa mashhur shaxslar bilan munosabatlarini taʼriflaydi.

Nursulton Nazarboyev Oʻzbekiston yetakchisi, “atoqli siyosiy arbob Shavkat Mirziyoyev”ni alohida qayd etadi. Kitobda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan  islohotlar yuksak baholangan. Qozogʻiston bilan har tomonlama aloqalar yanada jadal rivojlana boshlangani, Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridanoq qardosh mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

OʻzA