Ostona Qozog‘iston fuqarolari uchun viza rejimini yengillashtirish bo‘yicha Yevropa davlatlari bilan muzokaralar tezroq boshlanishiga umid qilmoqda, dedi respublika Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko.
“Biz Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilganidek, fuqarolarimiz uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar tezroq boshlanishini intiqlik bilan kutmoqdamiz”, dedi u.
TIV matbuot xizmatining xabarida viza rejimini yengillashtirish Qozog‘iston fuqarolari uchun Shengen viza narxini pasaytirish, bunday vizani olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini uzaytirish, shuningdek, viza arizalarini ko‘rib chiqish muddatini qisqartirishni nazarda tutadi.
"Qozog‘iston va YeI o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim mavjud, u 2020 yilning bahorida to‘liq kuchga kirgan. Ushbu shartnoma moddalarining birida tomonlar viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishilgani qayd etilgan”, deb qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
O‘zA