English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Qo‘yliq–Quruvchilar» yer usti halqa metro yo‘lining 5 ta bekati qurib bitkazildi (+video)
21:01 / 2023-03-24

Yodingizda bo‘lsa, 2020 yilning avgust oyida Toshkent yer usti metrosining I bosqichi, dekabr oyida esa Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi. Natijada minglab aholining uzog‘i yaqin bo‘ldi.

Toshkent metropoliten xizmatidan bugungi kunda 600 mingdan ortiq yo‘lovchilar foydalanib kelmoqda.

Hozirda Yer usti halqa metro yo‘lining II bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan «Qo‘yliq–Quruvchilar» qismi qurib bitkazilgan bo‘lib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi «Quruvchilar – Qipchoq» qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oHnYQWaZAOk" title="«Qo‘yliq–Quruvchilar» yer usti halqa metro yo‘lining 5 ta bekati qurib bitkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Bu haqda joriy yilning 24 mart kuni OAV xodimlariga ma’lumot berildi va jurnalistlar ishtirokida, mazkur yo‘nalishlar bo‘ylab poyezdlar texnik harakati sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘rib turganingizdek, yer usti metro yo‘nalishlari zamonaviy ko‘rinishda bo‘lib, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Kelajakda metropoliten xizmatidan foydalanuvchilar sonini 1 millionga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 minga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘nalishlar orasidagi qatnovlar esa 15 daqiqani tashkil etadi.

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA