English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonliko‘lda “Ziyolilar bog‘i” yaratilmoqda
14:47 / 2023-03-13

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi “Arzimbetqum” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Besqala – 2” fermer xo‘jaligi dalalarida “Ziyolilar bog‘i” tashkil qilindi.

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad joylarda yashil maydonlarni ko‘paytirish, shu orqali mintaqada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilashdan iborat.  

Bu borada Orolbo‘yining har bir hududida ona tabiatimizni yashillik va tabiiylik bilan boyitish maqsadida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.  

–Ushbu xayrli ishlarda deputatlar ham faol ishtirok etmoqda, – deydi Qonliko‘l tumani Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi K.Djumaniyazov. – Dastlab hududlar turli chiqindilardan tozalanib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilyapti. Tumanda loyiha doirasida atrof-muhit tozaligini saqlash, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA