English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatardan xabarlar oqimi...
17:18 / 2022-11-23

Saudiya Arabiston va Argentina jamoalari o‘rtasidagi match (2:1) futbol tarixida o‘chmas iz qoldiradi. Lionel Messining o‘zi va jamoasi kutilmagan natijadan hali-veri o‘zlariga kelolmasalar kerak. Hayajon shu darajaga yetdiki, bugun, hatto Saudiya Podshohi farmoni bilan mamlakatda dam olish kuni e’lon qilgan.

Kechagi bilan Saudiya jahon chempionatlaridagi g‘alabalari sonini to‘rttaga yetkazdi. Ungacha u “JCH-2018”da Misrni (2:1) va “JCH-1994”da Belgiya (1:0) i Marokashni (2:1) mag‘lub etgan edi.

Mundialda yigirmanchi marotaba maydonga tushgan Messi Saudiyaga urgan goli bilan Portugaliya jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga yetib oldi. Har ikki mohir to‘purar jahon chempionatidagi gollari sonini yettitaga yetkazishgan. Faqat Ronaldu jahon chempionatida o‘n yetti o‘yin o‘ynab, bu marraga erishgan.

Messi va Ronaldu beshinchi marta bunday chempionat bahslarida qatnashmoqdalar.

Shuningdek, Oldrjix Neyedli (Chexiya), Layosh Tixi (Vengriya), Kareka (Braziliya), Andjey Sharmax (Polsha), Luis Suares (Urugvay), Jonni Rep (Niderlandiya) va Xans Shefer (Germaniya)lar jahon chempionatlarida yettidan gol urganlar.

Saudiya va Argentina o‘yini haqida yana bir fakt: Lionel Skaloni shogirdlari 36 o‘yindan beri mag‘lubiyat alamini tortmay kelayotgan edilar. Jamoa bu borada Italiyaga yetib olishiga bir bahya qolgandi. Italiyalik futbolchilar 2018 yilning sentyabr oyidan to 2021 yilning oktyabr oyigacha o‘tkazgan 37 o‘yinda biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan edilar.

Kecha Fransiya Avstraliya jamoasini 4:1 mag‘lub etgan matchda fransuzlarning bir golini Kilian Mbappe urdi. 23 yoshli hujumchining goli jahon chempionatlaridagi Fransiya rekordini yangiladi. 1958 yilda Jyust Fonten 24 yoshida mundialda urgan besh goli bilan mamlakat futboli tarixiga kirgan edi.

Kecha Robert Levandovski Meksika darvozasiga 11 metrli jarima to‘pini kiritolmadi. Bu esa Polshaning jahon chempionatlarida uchinchi marta bunday jarima to‘pini amalga oshirolmagani ma’lum bo‘ldi. Levayedovskiga qadar 1978 yilda Kazimej Deyna va 2002 yilda Matsey Juravskilarning bu borada omadlari chopmagan edi.

22 noyabr kuni Meksika va Polsha, Daniya va Tunis o‘yinlarida durang natija qayd etildi.

Qizig‘i shundaki, avvalgi Rossiyada o‘tgan jahon chempionatidagi jami 64 o‘yin davomida bor-yo‘g‘i bir martagina – Daniya va Fransiya matchida darvozalar ishg‘olsiz qolgan edi.

Fransiyalik Kilian Mbappe Avtraliyaga qarshi o‘yinda raqib jamoaning jarima maydonida 19 marta harakatlanib, yangi rekord o‘rnatgani qayd etildi.

Bugunga qadar jahon chempionatlarida raqib jarima maydonida 16 marta gol urish, aniq to‘p yetkazib berishga urinishlari qayd etilgan edi. 2018 yilda braziliyalik Neymar Serbiyaga, ispaniyalik David Vilya Gondurasga va senegallik al-Xoji Diuf Shvetsiyaga qarshi o‘yinlarda shunday amallarni bajarishga erishganlar.

Qatar hokimiyati chempionat boshlanishiga ikki kun qolganda stadionlarda pivo ta’qiqi to‘g‘risidagi xabar ancha bahslarga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda FIFA “muzokaralardan keyin tomoshabinlar, tarafdorlar uchun spirtli ichimliklar ruxsat berilgan joylardagina iste’mol qilish mumkinligi, pivo sotuvi esa stadionlarda mumkin emasligi”ni e’lon qilgandi.

Pivoni mundialning muhim homiylaridan biri bo‘lgan “Budweiser” brendiga aloqador xalqaro “AB InBev” pivo korporatsiyasi har match boshlanmasdan uch soat qolguncha va o‘yin tugagach bir soat keyin sotishga ruxsat olgan edi.

“Tomoshabinlarning ko‘pchiligini Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgani uchun alkogol muhim narsa, deb topilmagan edi. Qolaversa ko‘plab fanatlar uchun bu ko‘ngilsiz voqea bo‘lishi mumkinligi e’tiborga olingandi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Aslida Qatarning “JCH-2022”ni o‘tkazish huquqini olgan zahoti bu masala ko‘tarilgandi. Ayrim qo‘shni davlatlarga nisbatan Qatarda alkogol to‘liq ta’qiqlanmagan. Ammo mamlakatga kirib kelayotganlar o‘zi bilan spirtli ichimlikni olib kirishlari mumkin emas.

Abror XON, O‘zA