Shahrisabzda turizm klasterini tashkil etish doirasida 2025 yilda G‘elondan o‘tuvchi Oqsuv daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta GES ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Shahrisabz turizm texnikumida Shveysariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov kecha Sarchashma, G‘elon va Hisorak mahallalarida o‘rganishlar olib borishi davomida ushbu GES qurilishi ishlari bilan ham tanishdi.
***
G‘uzorda tadbirkor tomonidan bolalar istirohat bog‘i barpo etildi.
Tumanning “Jarariq” mahallasida tadbirkor Juma Toshmurodov tomonidan yangidan barpo etilgan bolalar va yoshlar istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi.
– Istirohat bog‘ini barpo etishga 500 million so‘m bank krediti, 1,5 milliard so‘m o‘z mablag‘imiz sarf etildi, – deydi tadbirkor Juma Toshmurodov. – Bog‘ni barpo etishda eng so‘nggi loyihalardan foydalandik. Mahalladagi yoshlar va bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri