English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaror va ijro:oziq-ovqat xavfsizligi eng muhim vazifa
18:16 / 2022-10-04

Prezidentimizning 2022 yil 8 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori ijrosida bo‘yicha mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish uchun muhim vazifalar belgilandi.

Buning uchun joylarda chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan dastur” tasdiqlandi. Xo‘sh mazkur hujjat bo‘yicha hozir Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar samarali bo‘lyaptimi? Hududda aholining sifatli mahsulotlarga ehtiyojini ta’minlash borasidagi ishlar qay darajada? Kichik o‘rganishlar asosida tahlil qilib ko‘ramiz.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda viloyatda jami 15,1 million boshdan ortiq parranda boqiladi. Shundan asosiy qismi aholi xonadonlari parvarishlanadi. Yiliga o‘rtacha 1,5 milliard dona tuxum va 100 ming tonna parranda go‘shti yetishtiriladi. Joylardagi 18 ta parrandachilik korxonasi 70 – 85 foiz quvvatda ishlamoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yil oxirigacha tuxum yetishtirishni jami 1,7 milliard donaga, parranda go‘shti yetishtirishni 123 ming tonnaga (qo‘shimcha 23 ming tonnaga) yetkazish rejalashtirilgan.

Bu jarayonda aholining o‘zi tashabbus ko‘rsatib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirmoqda. Masalan, Yuqori Chirchiq tumani "Istiqbol" mahallasida yashovchi Gulmira Mansurova ilgari "Ayollar daftari"da turib, 5 yil davomida ushbu soha sirlarini o‘rgandi. bugungi kunda tadbirkor ayol rahbarlik qilayotgan “Yetkazib beruvchi” bedanachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi oilaviy korxona tomonidan kooperatsiya asosida 50 ta ish o‘rni yaratildi va mahalladagi ayollar bandligi ta’minlandi.

Qibray tumanda esa "Bir mahalla bir mahsulot" loyihasi bo‘yicha kooperatsiya usulida parrandachilikni rivojlantirish, aholini tovuq go‘shti bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. "Sharof Rashidov" nomli parrandachilikka ixtisoslashtirilgan korxona tomonidan 24 ta mahalladagi 135 ta xonadonga 15 ming dona parranda hokim yordamchilari ko‘magi bilan beg‘araz tarqatildi. Ma’lumot o‘rnida, parrandachilikni rivojlantirish maqsadida tasdiqlangan dasturga asosan tumanda aholi xonadonlariga 110 ming dona parranda yetkazib berish belgilangan bo‘lib, bugungi kunga kelib 200 ming boshga yaqin parranda yetkazib berildi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 580 ta baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan jami 14 ming gektar shundan, 9 ming gektar sun’iy suv havzalari va 5 ming gektar tabiiy ko‘llarda baliq yetishtirilmoqda. Yil yakuniga qadar 48,4 milliard so‘mlik 15 ta loyihalar ishga tushirilishi hamda xonadonlarda intensiv baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilishi natijasida 65 ming tonna baliq yetishtirildi. Xususan, Yangiyo‘l tumanida Qo‘shyog‘och mahallasida joylashgan 270 gektar maydonda tashkil etilgan hovuzlarda yetishtirilayotgan baliqlar hozir Toshkent viloyati va poytaxt aholisini parhezbop go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlamoqda. Oilaviy tadbirkor Otaboy Allaberganov 55 yildan buyon baliqchilik yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Shu kungacha u 40 kishini ish bilan ta’minladi.

bugungi kunda viloyatda mazkur soha bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 13 yanvardagi “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublikada ilk baliqchilikka ixtisoslashgan ilmiy laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerga turli xildagi baliqlar olib kelinadi va qanday sharoitda yashay olishi, turli hajmli ko‘llarda qancha baliq boqish mumkinligi va shu kabi omillar o‘rganiladi. Har bir tajriba kamida uch oy davom etadi. Laboratoriya Belarus Respublikasi qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdulla Qurbonovning aytishicha, hozirda ozuqalar bo‘yicha alohida, baliqlarning iqlimga moslashishi, shuningdek, suv havzasida baliqlarga kislorod yetkazib berish bo‘yicha ilmiy tekshiruvlar olib borilmoqda. Laboratoriyada qirqqa yaqin xodim faoliyat olib bormoqda. Asosiy maqsad mahalliy bozor rastalarida sifatli va hamyonbop baliq mahsulotlari yetkazish va xorij davlatlari bilan hamkorlik qilishdir.

A.Musayev, O‘zA.