English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qancha og‘ir bo‘lmasin o‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiya xalqiga yordam bermoqda
07:55 / 2023-02-22

2023 yil Turkiya hukumati va aholisiga og‘ir keldi.

O‘zbekistondan jalb qilingan FVV qutqaruvchilari tomonidan Turkiyadagi zilzila sodir bo‘lgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Tez-tez sodir bo‘lib turgan zilzilalar oqibatida vayronaga aylangan binolar o‘ta xavfli ob’ektlarga aylandi. Bu esa qutqaruv ishlarini yanada murakkablashtiradi.  

Shunga qaramay, o‘z kasbining fidoiylari bo‘lgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar ortga qaytmadi, ular hamon qardosh yurtlarda, hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsada, imkon qadar aholini tirik holda olib chiqishga urinishmoqda.  

Kecha, 21 fevralga o‘tar kechasi Hatayda yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

<iframe width="1519" height="527" src="https://www.youtube.com/embed/PHWQ8n8SivE" title="Qancha og‘ir bo‘lmasin o‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiya xalqiga yordam bermoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>