“Qamchiq” dovonida avtomobillar harakati qayta tiklandi

Ob-havo keskin o‘zgarib kuchli qor yog‘ishi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan 2023 yil 4 yanvardagi 65-son byulleteniga ko‘ra, soat 00:00 da A-373 “M-39 Guliston – Bo‘ka – Angren – Qo‘qon – Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 228-253 kilometrlari oralig‘ida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Yo‘lsozlar tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlardan so‘ng soat 10:00 da dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to‘liq qayta tiklandi. O‘z navbatida barcha avtotransport vositasi haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib harakatlanishini so‘rab qolamiz.
O‘zA.